Jahon | 00:00 / 18.01.2016
3523
1 daqiqa o‘qiladi

Ruhoniy: yadroviy kelishuvning tuzilishi – mintaqadagi muammolarni yechish uchun imkoniyat

Eron prezidenti Hasan Ruhoniy yadroviy kelishuvning tuzilishi mintaqadagi muammolarni yechish uchun imkoniyat bo‘lishi mumkinligini aytdi, deb xabar bermoqda Eron davlat televideniyesiga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi.

Ta'kidlanishicha, Ruhoniy Saudiya Arabistonini tanqid qildi. Uning aytishicha, Ar-Riyod “ikki davlat munosabatlaridagi muammolarning sababchisidir”. U Saudiya Arabistonini mintaqadagi davlatlarga nisbatan o‘z munosabatini o‘zgartirishga chaqirdi.

Bundan tashqari, Ruhoniy sanksiyalar bekor qilingandan keyin Eron iqtisodiyotining keyingi yilda 5 foizga o‘sishi kutilayotganini ma'lum qildi.

Avvalroq Ruhoniy yadroviy kelishuvni “Eron tarixidagi zarvaraq” deb atagandi. U, shuningdek, bu kelishuvni mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishidagi “burilish oni” deb atadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish