Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikiston Qirg‘iziston bilan chegara muammolarini hal qilishga shoshilmayapti
Tojikiston hukumatiga Qirg‘iziston bilan o‘rtadagi 520 km masofali davlat chegarasi delimitatsiyasi bo‘yicha kelishuv loyihasi haligacha taklif qilinmadi. Mazkur kelishuv Qirg‘iziston hukumati tomonidan o‘tgan haftada ma'qullangan edi.
“Biz bu borada hali hech qanday qaror qabul qilmadik va hukumatga hech narsa taklif qilmadik”, - dedi Tojikiston yer boshqaruvi va geodeziya davlat qo‘mitasi rahbari Akbar Yatimzoda Dushanbeda o‘tgan matbuot anjumani chog‘ida.
Uning ta'kidlashicha, ikki davlatning ishchi guruhlari chegara delimitatsiyasi bo‘yicha ishlarni o‘tkazib bo‘lgan.
“519.9 km uchastkada muammolarimiz bor, - ta'kidladi amaldor. – Biz tayyorlanayotgan ma'lumotlarni davlat rahbariyatiga taqdim etishga tayyorlanmoqdamiz”.