O‘zbekiston | 16:25 / 19.01.2016
3627
2 daqiqa o‘qiladi

2015 yilda O‘zbekistonda oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish uchun 1,66 mingziyod investitsiya loyihasi amalga oshirildi

2015 yilda hududlarda oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish uchun 1ming 660 dan ziyod investitsiya loyihasi amalga oshirildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 21 ming 500 fermer xo‘jaligi ko‘p tarmoqli xo‘jalikka aylantirilib, intensiv va mahalliy bog‘lar barpo etildi, go‘sht, sut va meva-sabzavotni qayta ishlash korxonalari ko‘paydi. Chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik hamda servis xizmatlari rivojlantirildi. Natijada 96 ming 200 yangi ish o‘rni yaratildi.

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi, O‘zbekiston Fermerlari kengashi hamda Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi hamkorligida mamlakatimizda oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi va turlarini ko‘paytirish bo‘yicha manzilli dasturlar ijrosiga bag‘ishlab o‘tkazilgan davra suhbatida shular xususida gap bordi.

Bu boradagi yutuqlarni yanada oshirishda intensiv usulda mahsulot yetishtirishni keng targ‘ib qilish, yerdan samarali foydalanish va mahalliy xomashyo asosida yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlarni ishlab chiqarish hajmini kengaytirish muhim ahamiyat kasb etadi.