Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amerika kinoakademiyasi "Oskar"ni boykot qiluvchilar tufayli tarkibni o‘zgartirmoqchi
Amerika kinoakademiyasi o‘z tarkibida "Oskar"ga nomzodlarni aniqlashda turli-tuman fikrlar bo‘lishiga erishish maqsadida o‘zgarishlar amalga oshirmoqchi. Bu haqda tashkilot prezidenti Sheril Bun Ayzeksga asoslanib, Hollywood Reporter gazetasi xabar bergan.
Bunga o‘tgan yilgi va bu yilgi nomzodlar orasida qora tanli kinoijodkorlarning yo‘qligi bir qator noroziliklar va boykotlarni keltirib chiqargani sabab bo‘lmoqda.
Biroz oldinroq, kinorejissyor va aktyor Spayk Li hamda kinoaktrisa Jada Pinkett-Smit 28 fevral kungi taqdimot marosimida ishtirok etmasliklarini bildirishgan.
Shuningdek, Twitter ijtimoiy tarmog‘i orqali #OscarsSoWhite ("Shunday oq Oskar") heshtegini trendga chiqarishga harakat boshlangan.
14 yanvar kuni «Eng yaxshi aktyor», «Eng yaxshi aktrisa», «Eng yaxshi rejissyor», «Eng yaxshi ikkinchi plandagi aktyor» hamda «Eng yaxshi ikkinchi plandagi aktrisa» nominatsiyalari bo‘yicha «Oskar» mukofotiga nomzodlar e'lon qilingandi. 20 nafar nomzod orasida bironta qora tanli vakil yo‘q.
"Yaqin vaqtlar ichida biz keyingi yillardagi mukofotlar uchun nomzodlarni aniqlaydigan a'zolar bo‘yicha o‘zgarishlarni amalga oshiramiz", degan kinoakadimiya rahbari Ayzeks.
88 marta o‘tkazilayotgan «Oskar» mukofoti taqdimoti 28 fevralga belgilangan.
AQSh Kinoakademiyasi “Eng yaxshi film” nominatsiyasi bo‘yicha Oskarga nomzodlarni e'lon qildi