Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dildora Niyozova mart oyida yakkaxon konsertini beradi
2016 yilning 25-26-27 mart kunlari o‘zbek estrada san'atining yorqin vakilalarida biri Dildora Niyozova o‘zining yangi konsert dasturini namoyish etadi.
O‘zbekistondagi eng yirik – “Istiqlol” san'at saroyida bo‘lib o‘tadigan yakkoxon konsert dasturi “Umr karvoni” deb nomlangan.
Dildora Niyozova mazkur yakkaxon konsert dasturida o‘zining eng sara, eng yangi taronalarini yillar davomida san'ati, ijodiga hayrixoh bo‘lgan, uni qo‘llab-quvvatlab kelayotgan qadrdon muxlislari uchun taqdim etadi.
Ayni paytda xonanda ijodiy jamoa bilan hamkorlikda dastur repertuari ustida qizg‘in ish olib bormoqda.
