Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreya prezidenti KXDRga qarshi qattiq choralar ko‘rishga chaqirdi
Janubiy Koreya prezidenti Pak Kin Xe agarda BMT Xavfsizlik kengashi KXDRning hisob bo‘yicha to‘rtinchi marotaba o‘tkazilgan yadro sinovidan so‘ng qat'iy choralarni ko‘rmaydigan bo‘lsa, bu Pxenyan uchun yolg‘on signal vazifasini bajaradi, deya xabar qilmoqda “Ryonhap” agentligi.
“Agarda bu safar qat'iy va samarali choralar qo‘llanilmasa, xalqaro hamjamiyat Shimoliy Koreyaga noto‘g‘ri signal yuboradi va bu ularning beshinchi, oltinchi sinovlarini o‘tkazishiga xalal bermaydi”, - dedi u.
Vazirlar Mahkamasi oldida so‘zga chiqar ekan, Pak Kin Xe KXDR bu kabi xatti-harakatlari qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligini aniq tushunib yetishi kerakligini ma'lum qildi.