Jahon | 07:36 / 19.01.2016
2419
2 daqiqa o‘qiladi

Norvegiyada muhojirlar deportatsiyaga qarshi norozilik sifatida ochlik e'lon qildilar

Norvegiyada 70 ga yaqin muhojir o‘zlarining mamlakatdan deportatsiya qilinishlariga qarshi chiqmoqda, ulardan ko‘pi norozilik sifatida ochlik e'lon qildi, deb xabar bermoqda NRK telekanali.

Muhojirlarning telekanalga ma'lum qilishlaricha, ularni tong payti uyqudan turg‘azib, narsalarini yig‘ishtirishlari aytilgan.

“Bu yerdagi ko‘pchilik o‘z uylarini yo‘qotgan va puli yo‘q. Ularda Rossiyada hech narsa yo‘q, ular faqatgina Yevropaga kelish uchun vizagina olishgan. Endi ularni chegaradan o‘tkazishadi va bilishimizcha, hech kim yordam bermaydi”, deb aytmoqda muhojirlardan biri Rami Haddod.

Rossiya bilan chegaradosh Finnmark viloyatiga Norvegiyadagi turli lagerlardan kamida 70 muhojir mamlakatdan chiqarib yuborilish uchun olib kelindi. Muhojirlarning ma'lum qilishicha, muhojirlar ularni Norvegiyadan olib chiqib ketadigan avtobusga o‘tirishdan bosh tortadilar.

Avvalroq Norvegiya Rossiyaga muhojirlarni velosiped o‘rniga avtobusda qaytarishga kelishib olgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish