Texnologiya | 21:44 / 19.01.2016
2801
2 daqiqa o‘qiladi

Uber aerotaksi xizmatini sinovdan o‘tkazadi

Uber taksiga onlayn-buyurtma berish xizmati Airbus kompaniyasi bilan yangi havo tashishlari xizmati uchun vertolyotlar yetkazib berilishi bo‘yicha kelishib oldi. Uber aerotaksi pilot loyihasi doirasida yo‘lovchilarni AQShning Yuta shtati bo‘ylab tashiydi. Bu yerda yanvar oxirida “Sandens” kinofestivali bo‘lib o‘tadi.

“Bu tajribaviy loyihadir, u qanday borishini kuzatib boramiz, u juda maroqli bo‘lishi kerak”, deb aytdi Airbus bosh direktori Tom Enders Myunxenda bo‘lib o‘tgan Digital Life Design anjumanida. Enders kelishuv tafsilotlarini oshkor etmadi.

The Wall Street Journal nashrining izohlashicha, Yutada yo‘lovchilar Airbus H125 va H130 modelidagi vertolyotlarda tashiladi, tashuvlar bilan mahalliy Air Resources kompaniyasi shug‘ullanadi.

Uber avvalroq ham xususiy aviatashuvlar xizmatini sinovdan o‘tkazgan, biroq uni doimiy asosda yo‘lga qo‘ymagan. Misol uchun, kompaniya 2013 yilda Manxettendan Xemptonga, Ostinda “Formula 1” Gran-prisi o‘tkazilganda va Kann xalqaro kinofestivali vaqtida UberChopper havo safarlarini taklif qilgan.

Aerotaksi xizmati kamida bir necha yuz dollar turgan. Misol uchun, Xemptongacha safar 3 ming dollar turgan. Ushbu narxga yo‘lovchilarni vertolyot maydonchasigacha va ular mo‘ljallangan joyga vertolyotda yetib borishgach, oxirgi manzilga yetkazib qo‘yadigan yerdagi taksi xizmati ham kiritilgan bo‘lgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish