Jahon | 10:20 / 20.01.2016
2611
1 daqiqa o‘qiladi

BMT Janubiy Sudanga yordam ko‘rsatish uchun 1,3 milliard dollar izlamoqda

BMT Janubiy Sudanda fuqarolik urushidan jabr ko‘rganlarga yordam ko‘rsatish uchun 1,3 milliard dollar hajmda insonparvarlik ko‘magini qidirmoqda, deya xabar qildi Reuters.

2013 yilning dekabrida boshlangan qurolli mojarolar natijasida mamlakatning 10 ming fuqarosi hayotdan ko‘z yumdi, 2,3 million kishi o‘z uylarini tashlab ketishga majbur bo‘ldi.
BMTning Janubiy Sudan uchun gumanitar yordam koordinatori Yevgeniy Ovusuning ma'lum qilishicha, 5,1 million kishiga “yetarli darajada minimum” yordam uchun 1,3 milliard dollar kifoya.

Tashkilotdagilarning ta'kidlashlaricha, Janubiy Sudanda besh yoshgacha bo‘lgan 680 ming bola ochlikdan aziyat chekmoqda.
Dekabr oyi avvalida esa BMT 2016 yilda 20 milliard dollar hajmda insonparvarlik yordamini so‘ragan edi.