Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat organlari va NNTlar korrupsiyaga qarshi kurash masalasini muhokama qildi
Bosh prokuratura va O‘zbekiston Adliya vazirligi 16 yanvar kuni korrupsiyaga qarshi kurash sohasida chora-tadbirlarni amalga oshirishga bag‘ishlangan idoralararo yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga ko‘ra, yig‘ilishda davlat organlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari va nodavlat notijorat tashkilotlar rahbarlari ishtirok etgan.
Qariyb 70 tashkilot vakillari mazkur sohada 2015 yilda amalga oshirilgan rejaviy kompleks chora-tadbirlar natijalarini muhokama qilishdi.
Qayd etish joizki, bu birinchi aksilkorruptsion harakatlar rejasi bo‘lib, turli muassasa va tashkilotlar ishtirokida jamoatchilik hamda ilmiy doiralar fikri inobatga olingan holda ishlab chiqildi.
Xususan, davlat tashkilotlari faoliyatining ochiqligini oshirish, ijtimoiy hamkorlik asoslarini kuchaytirish, poraxo‘rlik va boshqa huquqbuzarliklar profilaktikasi, davlat xizmatchilari xulq-atvorining etika standartlarini ishlab chiqish singari masalalar bo‘yicha tashkiliy-huquqiy asoslarni yaratish qayd etildi. Yig‘ilish ishtirokchilari 2016-2017 yillarda poraxo‘rlikka qarshi kurash bo‘yicha istiqboldagi kompleks choralarni ham ko‘rib chiqishdi.