Sport | 17:52 / 20.01.2016
5351
2 daqiqa o‘qiladi

Futzal: O‘zbekiston terma jamoasi jahon reytingida 19-o‘rinni egalladi

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi jahon reytingida 19-o‘rinni egalladi. Mazkur reyting Futsal World Ranking nashrida 19 yanvar kuni e'lon qilindi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi 1264 ochko to‘plagan holda o‘tgan yilning so‘nggida egallab turgan o‘rnini saqlab qolgan.

Mazkur reytingda 103 terma jamoa o‘rin olgan bo‘lib, birinchi o‘rinda Ispaniya terma jamoasi (1 923 ochko) bormoqda. Kuchli uchlikdan Braziliya (1 909 ochko) va Rossiya (1 752 ochko) terma jamoalari o‘rin egallashgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 10-21 fevral kunlari Toshkentda futzal bo‘yicha Osiyo chempionati musobaqlari bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi guruh bosqichida Qirg‘iziston (reytingda 46-o‘rin), Livan (45-o‘rin) va Saudiya Arabistoni (82-o‘rin) futzalchilariga qarshi bahs olib borishadi.

Futzal: O‘zbekiston terma jamoasi Qozog‘iston bilan ikkita o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish