Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 16:36 / 20.01.2016
4616
1 daqiqa o‘qiladi
"Paxtakor"ning ikki a'zosi faoliyatini xorijda davom ettiradi
"Paxtakor" darvozaboni Aleksandr Lobanov va himoyachi Yegor Krimets faoliyatini xorijda davom ettiradi.
Klub axborot xizmatining xabariga ko‘ra, Lobanov Eronning "Persepolis" jamoasi bilan 0,5+1 ko‘rinishida shartnoma imzoladi. 30 yoshli darvozabon "Paxtakor" dan tashqari "So‘g‘diyona", "Qaysar", "Oqjayiq", "Buxoro" va "Jayxun" safida o‘ynagan.
Yegor Krimets esa "Beyjing Goan"ga 2 yilga ijaraga berildi. U 2013 yil ham Xitoyning ushbu klubi tarkibida o‘ynagandi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish