Sport | 10:46 / 20.01.2016
4663
1 daqiqa o‘qiladi
Roberto Manchini: Sarri kabi murabbiylarga futbolda o‘rin bo‘lmasligi kerak
"Inter" bosh murabbiyi Roberto Manchini Italiya kubogining 1/4 finalida "Napoli" ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng (2:0) o‘yin vaqtida hamkasbi Mauritsio Sarri bilan yuzaga kelgan janjalli vaziyat borasida fikr bildirdi.
"Sarri -irqchi, u kabilarni futboldan haydash kerak. Men zaxira hakamidan nima uchun asosiy vaqtga 5 daqiqa qo‘shilganini so‘radim. Sarri esa oldimga kelib meni noshud (gomik) deb atadi.
O‘yin haqida gapirishni istamayman. 60 yoshli erkak o‘zini shunday tutmoqda...
O‘yindan so‘ng kiyinish xonasida biz yana uchrashib qoldik, u kechirim so‘radi, ammo men uning o‘z so‘zlaridan uyalishini istardim. Angliyada u kabilarni stadionga umuman qo‘yishmas edi", - deydi Manchini.