Jahon | 10:24 / 20.01.2016
2290
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya va AQSh terrorchilikka qarshi kurashdagi hamkorlikni kuchaytiradi

Amerika Qo‘shma shtatlari prezidenti Barak Obama telefon orqali Turkiya yetakchisi Toyib Erdo‘g‘on bilan muloqotida terrorchilikka qarshi hamkorlikni kuchaytirish haqida gaplashgan. Bu haqda Reyter agentligi xabar bergan.

Oq uyda xabar qilinishicha, siyosatchilar IShIDni yo‘q qilish bo‘yicha umumiy maqsadda ekani qayd etilgan.

Suhbat vaqtida amerikaliklar prezidenti kurdlar tomonidan turkiyalik harbiylarga uyushtirilgan hujumlarni qoralagan va bu vaziyatni bartaraf etish lozimligini qayd etgan.

Axborot manbasi: Obama Erdo‘g‘on bilan telefon orqali suhbatlashdi

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish