Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada qashshoq va yo‘qsillar internetdan bepul foydalanish mumkin
Turkiya hukumati kam ta'minlangan oilalar uchun bepul internet xizmatini taqdim etadi. "XaberTyurk" gazetasi ma'lumotiga ko‘ra, Oila va ijtimoiy siyosat ishlari vazirligi ushbu tashabbus bilan chiqdi.
Vazir Sem Ramazono‘g‘lining aytishicha, yaqin kunlarda “Kambag‘al oilalar uchun bepul internet” loyihasi qonuniy ro‘yxatdan o‘tadi. Ushbu loyihadan ko‘zlangan maqsadlardan biri ayollar va bolalarning internetdan foydalanishini ta'minlashdan iborat.
Bunda daromadi belgilangan eng kam darajadan past bo‘lgan oilalar internetdan bepul foydalanishlari mumkin.
Xabarlarga ko‘ra, Turkiyada kabel orqali tezkor internetga ulanish bir oyda 30-50 dollarga tushadi. Kam daromadli oilalar uchun esa bu ko‘plik qiladi.
“Shuningdek, biz ushbu oilalarni planshetlar yoki stol kompyuterlari bilan ham ta'minlaymiz”, - dedi Ramazono‘g‘li. Shu yo‘l bilan bolalarni turli salbiy ta'sirga ega axborotlardan himoya qilish, qolaversa, internet kafelarda zararli odatlarni o‘rganishdan asrash ko‘zda tutilmoqda.