Texnologiya | 07:50 / 20.01.2016
2929
1 daqiqa o‘qiladi

Twitter aksiyalari rekord darajada arzonladi

Twitter aksiyalari narxi 19 yanvar kungi savdolar chog‘ida rekord darajada pasaydi. Bu haqda MarketWatch xabar qildi.

Moskva vaqti bilan 19 yanvar, soat 22:12da kompaniyaning bitta aksiyasi narxi 7,51 foizga arzonlashib, 16,65 dollarni tashkil qilgan.

8 yanvar kuni birjadagi savdolar vaqtida Twitter aksiyalari narxi tushishi bo‘yicha ko‘rsatkichlar 2013 yilgi minimumni takrorlagandi. O‘sha kuni kompaniyaning bir dona aksiyasi narxi 1,7 foizga arzonlab, 19,92 dollarni tashkil qilgandi.

19 yanvar kuni Twitter faoliyatida global nosozlik kuzatildi va Yevropa, Afrika, Osiyoning ba'zi hududlari hamda Shimoliy Afrikadagilar 1 soat davomida tarmoqdan tashqarida qolishdi. Kompaniyadagilar buning sababini dasturlarning yangilanishi jarayoni bilan bog‘liqligini aytishgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish