Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 14:20 / 21.01.2016
3883
1 daqiqa o‘qiladi
11 yoshli moskvalik bola travmatik to‘pponchadan o‘zini otib qo‘ydi
Moskvada 11 yoshli bolaning halokati yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. RIA Novosti agentligining ma'lumotlariga qaraganda, u adashib travmatik to‘pponchadan o‘z peshonasiga o‘q uzib yuborgan.
Ma'lum qilinishicha, 20 yanvar kuni Moskvadagi xonadonlardan birida ehtiyot qilib ko‘zdan panada saqlanmagan qurol o‘spirinning qo‘liga tushib qolgan. Qurol uning onasiga tegishli bo‘lgan.
Bola adashib o‘zini otib qo‘ygan. Tergovchilar qurol saqlash qoidalariga rioya qilinmagani faktiga huquqiy baho berishlari kutilmoqda.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish