Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 13:52 / 21.01.2016
3398
1 daqiqa o‘qiladi
AQSh Iroq va Suriyaga borgan yevropaliklar uchun mamlakatga kirishni murakkablashtirmoqda
AQSh hukumati so‘nggi besh yil ichida Iroq, Suriya, Eron yoki Sudanga tashrif buyurgan Yevropa mamlakatlari fuqarolari uchun viza talablarini kuchaytirmoqchi, deya xabar berdi Associated Press.
Shuningdek, mazkur davlatlarda ikkinchi fuqarolikka ega YeI fuqarolari uchun ham qo‘shimcha to‘siqlar qo‘yiladi.
Mazkur choralar AQSh hududiga IShID safida jang qilgan Yevroittifoq fuqarolari kirib kelishining oldini olishdan iborat. Shubhalar doirasidan tashqaridagi yevropaliklarga Qo‘shma Shtatlarga vizasiz kirish talabi o‘zgarishsiz qoladi.