Jahon | 18:18 / 21.01.2016
3087
1 daqiqa o‘qiladi

Dushanbe va Pekin o‘rtasidagi aviaqatnovlar bir oydan so‘ng qayta tiklanishi rejalashtirilmoqda

Tojikiston va Xitoy poytaxtlari o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar keyingi oyning uchinchi dekadasidan boshlanishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda AP xabar bermoqda.

Dushanbe va Pekin o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar boshlanishiga bag‘ishlangan brifingda qayd etilishicha, mazkur reysning ochilishi to‘g‘risida Tojikistonning “Tajik Eyr” va Xitoyning “Sinzyan Sayyohlik Alyansi” kompaniyalari o‘rtasida 2015 yilning oktabrida kelishuv imzolangan edi.

Kelishuvga binoan, birinchi reys 22 fevra kuni Xitoyda milliy yangi yil bayrami nishonlanganidan so‘ng amalga oshiriladi.

Dushanbe Xalqaro aeroportidan har dushanba kuni Pekinga samolyotlar parvoz qiladi. Parvoz davomiyligi besh yarim soatni tashkil etadi.

Buning uchun “Tajik Eyr” kompaniyasi yangi “Boing-757-200” samolyotini xarid qildi.