Texnologiya | 17:32 / 21.01.2016
2842
2 daqiqa o‘qiladi

Facebook foydalanuvchilarga sport o‘yinlarini tarmoqdan uzilmagan holda kuzatish imkonini taqdim etdi

Facebook ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchilar uchun sportga oid yangiliklar izohlar va boshqa shunga o‘xshash hodisalarni izlab topishga ixtisoslashgan Sports Stadium xizmatini tushirdi. Bu haqda xabar kompaniya rasmiy blogida e'lon qilingan.

Hozircha dastur amerikacha futbol musobaqalari uchun ishlamoqda. Keyinchalik unda basketbol va futbol musobaqalarini ham yoritib borish ko‘zda tutilgan.

Ushbu yo‘nalishda to‘rtta oyna mavjud bo‘lib ularning birinchisida amaldagi uchrashuv bo‘yicha foydalanuvchilarning fikrlari berib boriladi. Ikkinchisida esa mashhur mutaxassis sportchilarning tasdiqlangan akkaunt egalari fikrlari bilan tanishtiriladi. Shuningdek, keyingi oynalarda uchrashuvning onlayn translyatsiyalari va TV orqali tomosha qilish imkoniyatlari yaratiladi.

Facebook Sports Stadium teletranslyatsiyalar uchun qo‘shimcha qulaylik bo‘lishini ta'kidlamoqda. Hozircha mazkur dastur AQShdagi iPhone qurilmasi foydalanuvchilari uchun ishlamoqda. Kelgusida boshqa platformalarda ham bu xizmatni ishga tushirish rejalashtirilgan.

Facebook kompaniyasining hisob-kitoblariga ko‘ra, tarmoqdan foydalanuvchilarning 650 million nafari sport fanatlari sanalishadi.

Ma'lumot uchun, Facebook tarmog‘ining oylik foydalanuvchilari soni 1,5 milliarddan oshiqroq yuzerni tashkil qiladi.