Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 13:05 / 21.01.2016
3189
1 daqiqa o‘qiladi
Fevralda Selin Dion sahnaga qaytadi
Xonanda Selin Dion shu yilning fevralida sahnaga qaytadi. Bu haqda People nashri yozmoqda.
Yanvar oyida xonandaning turmush o‘rtog‘i Rene Anjyelil va akasi Daniel Dion saraton xastaligidan olamdan o‘tishdi. Xonanda ushbu og‘ir zarbalardan o‘zini o‘nglab olgani va endilikda sahnaga qaytishni rejalashtirayotgani xabar qilinmoqda.
Uning dastlabki konserti 23 fevral kuni Las-Vegasda o‘tkaziladi.
“Rene shuni istardi, - dedi qo‘shiqchi. – U mening qaytishimni istagan bo‘lardi”.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish