Texnologiya | 18:09 / 21.01.2016
2320
1 daqiqa o‘qiladi

Moskva jamoat transportida Wi-Fi paydo bo‘ladi

2016 yil oxiriga qadar Moskva ko‘chalaridagi “Mosgortrans” DUKka tegishli avtobus, tramvay va trolleybuslar Wi-Fi tarmog‘iga ulanadi. Internetga yo‘lovchilar bepul ulana oladi.

“Mosgortrans” rahbari Yevgeniy Mixaylovning xabar qilishicha, internetdan bir paytning o‘zida 15-20 kishi foydalana oladi – routerlar aynan mana shu quvvatga mo‘ljallanadi. Birinchi marshrutlar fevraldayoq tarmoq bilan ta'minlanadi, ammo ularni sinovdan o‘tkazish uchun vaqt talab qilinadi.

2013 yildan beri Moskva metrosida bepul Wi-Fi ishlaydi. Bundan tashqari, bir qator yirik bog‘ va maydonlarda bu narsa tashkil qilingan. Joriy yilda, shuningdek, Moskvadagi bir qancha qabristonlar tarmoqqa ulanadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish