Iqtisodiyot | 17:10 / 21.01.2016
7832
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: Qozog‘istonda ichimlik suvi narxi neftdan qimmatroq turadi

Nur.kz muxbiri o‘tkazgan hisob-kitoblarga qaraganda, Qozog‘istonda 1 l suv narxi 1 l neft narxidan ancha balanddir.

Brent rusumli neftning bir barreli 28 dollardir. Barrelda 158.987 l borligini inobatga olsak, 1 l neft narxi 0.176 dollarga teng bo‘ladi.

Bugungi kurs bo‘yicha 1 dollar 385 tanga turadi. Ya'ni, 1 l neft 67.8 tanga turadi.
Qozog‘iston do‘konlarida esa eng arzon ichimlik suvining narxi 95 tangani tashkil qiladi.
Shu tariqa, Qozog‘istonda neft ichimlik suvidan 3 barobar arzon narxda sotilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish