Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 16:49 / 21.01.2016
7741
1 daqiqa o‘qiladi
Turkiyaning eng boy insonlaridan biri yurak xuruji oqibatida vafot etdi
Turkiyaning eng boy insonlaridan biri, biznesmen Mustafo Ko‘ch bugun xuruji oqibatida vafot etdi. Bu haqda CNN Türk telekanali xabar berdi.
55 yoshli biznesmen Turkiyadagi eng yirik Koç xoldingi direktorlar kengashi raisi edi. Uning tarkibiga banklar, maishiy texnika ishlab chiqaruvchi zavodlar, gaz stansiyalari, avtozavodlar kiradi.