Sport | 08:33 / 21.01.2016
2451
1 daqiqa o‘qiladi

Venger Buyuk Britaniya antidoping agentligiga chaqiriladi

"Arsenal" jamoasi bosh murabbiyi Arsen Venger Britaniya antidoping agentligiga chaqirilishi mumkin. Bu haqda The Guardain nashri xabar tarqatgan.

Agentlik Vengerning futbolda doping muammosi tarqalayotgani haqidagi chiqishlariga diqqatini qaratgan holda uning fikrlari bilan tanishmoqchi.

"Biz uchun Venger bilan gaplashish qiziqarli. Avval eshitganlarimiz va o‘qiganlarimizni endi uning tilidan tinglamoqchimiz. O‘ylaymanki, hech qaysi sport turi hech qayerda dopingdan xoli bo‘la olmaydi. Bizning ligada ko‘pdan ko‘p to‘lovlar va telekanallardan keladigan daromaddan ulushlar ajratiladi. Jamoalar va futbolchilar bu mablag‘larga ega bo‘lish uchun dopingdan foydalanishi mumkin bo‘lgan ish", deydi agentlik rahbari Nikol Sepstid.

Venger UYeFAni dopingga qarshi kurash bo‘yicha qoidalari uchun tanqid qildi

Venger APLda mehmon jamoalarning g‘alaba qozonishi holatlari ortganiga izoh berdi

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish