Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 13:42 / 21.01.2016
2638
1 daqiqa o‘qiladi
Xalqaro valyuta jamg‘armasi rahbari ikkinchi muddatga nomzod qilib ko‘rsatildi
Buyuk Britaniya g‘aznachiligi kansleri Xalqaro valyuta jamg‘armasining amaldagi rahbari Kristin Lagardni ikkinchi muddatga rasman nomzod qilib ko‘rsatdi. Bu haqda Financial Times nashri xabar bermoqda.
Aytilishcha, ushbu lavozimga nomzodlar saralash boshlanishi bilan Lagard xonimning nomzodi ko‘rsatilgan.
Uning vakolat muddati 2016 yil 5 iyul kuni yakuniga yetadi.
Lagardni qo‘llab-quvvatlovchilar soni ko‘p bo‘lgani bois u keyingi besh yil davomida ham o‘z o‘rnida qolishi taxmin qilinmoqda.