Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Eron, Iroq, Suriya va Sudanga borganlarga vizasiz kirishni taqiqladi
AQSh ichki xavfsizlik vazirligi 2011 yildan keyin Eron, Iroq, Suriya va Sudanga borganlarga mamlakatga vizasiz kirish dasturining to‘xtatilganini ma'lum qildi.
Bu davlatlarga diplomatik yoki harbiy maqsadlarda borganlar bundan mustasnodir.
AQShga vizasiz kirish imkoniyati Eron, Iroq, Suriya va Sudan fuqaroligiga ega ikki davlat fuqaroligiga ega shaxslarga ham bekor qilindi.
Ta'kidlanishicha, ushbu o‘zgarishlar AQShning aksilterrorchilik qonunchiligi me'yorlariga muvofiq qabul qilingan.
Yangi me'yorlar ostiga tushgan shaxslar avvalgidek AQShga tashrif buyura olishlari mumkin bo‘ladi, biroq endi ular viza olish uchun umumiy asoslarda murojaat qilishlari kerak bo‘ladi.