Jamiyat | 15:09 / 22.01.2016
6343
1 daqiqa o‘qiladi

Merayya Keri milliarderga turmushga chiqadi

Taniqli xonanda Merayya Keri avstraliyalik milliarder Jyeyms Paker bilan unashtirildi. People jurnalining yozishicha, biznesmen 21 yanvar kuni Nyu-Yorkda Keri oila qurishni taklif qilgan.

2015 yili xonanda intervyularidan birida Paker bilan “Gerakl” filmining premerasida tanishganini aytgandi. O‘tgan yilning dekabrida juftlik birinchi marta “Stajyor” filmining taqdimot marosimida, Nyu-Yorkda birgalikda jamoatchilik oldida paydo bo‘ldi.

Merayya Keri muqaddam ikki marta nikohda bo‘lgan: u musiqiy magnat Tommi Mottola va aktyor Nik Kennon bilan oila qurgan. Kennondan uning ikki farzandi bor. O‘z navbatida, Jyeyms Paker sobiq rafiqasi Erika Beksterdan uch farzand ko‘rgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish