Texnologiya | 10:11 / 22.01.2016
3127
1 daqiqa o‘qiladi

Microsoft tabassumdan keyin o‘chadigan budilnik dasturini taqdim etdi

Microsoft kompaniyasi Android uchun Mimicker Alarm nomli yangi budilnik funksiyasini ishlab chiqardi. Uning alohida xususiyati shundaki, bu budilnik ovozi foydalanuvchi 3ta shartdan birini bajarganidan keyin tinadi. Bu haqda The Verge xabar yozgan.

Qayd etilishicha, shartlarning barchasi noodatiy: budilnik sizga selfi olishni va bunda qaysidir his-tuyg‘uni ifodalashni taklif qilishi (masalan tabassum qilish), tez aytishni aniq qilib aytib berishni yoki biror rangdagi buyumni topib, unga kamerani yaqinlashtirishni so‘rashi mumkin.

Xabarda aytilishicha, gadjyet sohibi budilnik chalinganidan keyin uni o‘chirgach, 30 soniya o‘tib yuqoridagi topshiriqlar so‘ralishi boshlanadi.

"Agar siz gadjyet so‘ragan ishlarni bajarmasangiz, u sizni hali uyg‘onmagan deb hisoblaydi va boshqatdan chinqira boshlaydi", deydi ushbu ilovani ishlab chiqqan dasturchilardan biri Elison Layt.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish