Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: "Oskar"ga nomzodlar soni oshirilishi mumkin
Amerika kinoakademiyasi "Oskar" kinomukofotiga nomzodlar sonini oshirishi mumkin. Bu haqda The Los Angeles Times nashrida xabar berilgan.
Qayd etilishicha, keyingi yillarda "Yilning eng yaxshi" filmi bo‘lish uchun da'vogarlar 10ta bo‘lishi mumkin. 2009 va 2010 yillarda ham mukofotga nomzodlar soni 10ta bo‘lgandi.
Nashrning yozishicha, boshqa yo‘nalishlardagi nomzodlar sonini ham oshirish masalasi muhokama qilinmoqda.
Bundan oldinroq, Uill Smit joriy yilgi "Oskar" taqdimotini boykot qilgani haqida xabar berilgandi.
14 yanvar kuni Amerika kinoakademiyasi "Oskar"ga nomzodlarni ma'lum qildi. Asosiy 5ta yo‘nalish bo‘yicha 20 nomzod orasida bironta ham qora tanlining yo‘qligi ko‘plab noroziliklarga sabab bo‘lib kelmoqda.
AQSh Kinoakademiyasi “Eng yaxshi film” nominatsiyasi bo‘yicha Oskarga nomzodlarni e'lon qildi
Di Kaprio oltinchi marta «Oskar» mukofoti uchun nomzodlar qatorida
«Eng yaxshi aktrisa» nominatsiyasi bo‘yicha «Oskar»ga nomzodlar nomi e'lon qilindi
Uill Smitning rafiqasi qora tanli aktyorlarni Oskar topshirish marosimiga bormaslikka chaqirdi
Oskar bilan bog‘liq janjal tufayli AQSh kinoakademiyasi tarkibi o‘zgaradi