Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Putin Asaddan iste'foga chiqishni so‘ragan
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Suriya rahbari Bashar Asaddan iste'foga chiqishni so‘ragan. Bu haqda G‘arb mamlakatlari maxsus xizmatlaridagi ikki manbaga asoslanib, The Financial Times xabar bergan.
Manbada yozilishicha Putin Asadga bu iltimosini yetkazish uchun Rossiya Bosh razvedka boshqarmasi (BRB) boshlig‘i Igor Sergunni Damashqqa jo‘natgan. Nashrning qayd etishicha, Sergun o‘limidan 3 hafta avval Suriya poytaxtiga borgan edi.
Asad bu taklifga qat'iy rad javobini bergani aytilmoqda.
FT nashrining manbasi, Asad Sergunga, agar o‘zi prezidentlikni tark etadigan bo‘lsa, Suriyada Rossiyaning kelajagi yo‘qligini tushuntirishga harakat qilgan.