Jahon | 11:23 / 22.01.2016
5734
1 daqiqa o‘qiladi

Olimlar: inson miyasi o‘z ichiga butun internetni sig‘dira oladi

Amerikalik neyrofiziologlarning hisob-kitoblariga qaraganda, inson miyasi o‘z ichiga butun internetni sig‘dira olishi mumkin. Bu haqdagi maqola eLife jurnalida chop etildi.

“Bu neyrofiziologiya uchun haqiqiy bombadir, - deydi La-Xoyyadagi Salk instituti vakili Terri Sejnovski. – Biz gippokamp neyronlari qanday ishlashi masalasining yechimini topdik, u qanday qilib kam energiya sarflab, yuqori samarador ishlashini o‘rgandik.

Eng konservativ baholarga ko‘ra, xotiramiz hajmi ilgari o‘ylaganimizdan o‘n barobar kattaroqdir, uning hajmi taxminan petabayt bo‘lib, bu global tarmoq hajmiga tengdir”.
Aytilishicha, xotiralar gippokamp deb ataladigan maxsus miya uchastkasida saqlanadi. Xotira elektrik impulslar shaklida saqlanib, bir neyrondan boshqasiga o‘tkaziladi, yoki kimyoviy signallar sifatida nerv hujayralari tomonidan o‘zaro almashiladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish