Jahon | 15:59 / 22.01.2016
3099
1 daqiqa o‘qiladi

Pekinda isitish mavsumida transport harakati cheklanishi mumkin

Pekin ma'muriyati isitish mavsumi oxiriga qadar avtotransport vositalari harakatlariga yangi cheklovlar qo‘yish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Pekin hokimining o‘rinbosari Li Shisyan ma'lumot berdi.

“Biz qishki mavsumda harakatni cheklash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqdamiz”, - uning so‘zlarini keltiradi Sinxua agentligi. Isitish mavsumi noyabrdan o‘rtalaridan boshlab, martning o‘rtalariga qadar davom etadi.