Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistonda korrupsiya haqida xabar bergan fuqarolarga pul mukofoti berilishi mumkin
Qirg‘izistonda korrupsiya haqida xabar bergan fuqarolarga pul mukofoti berilishi mumkin. Bu me'yor “Korruptsion huquqbuzarliklar haqida xabar bergan shaxslarni himoya qilish to‘g‘risida”gi yangi qonun loyihasiga kiritildi.
Uni parlamentning bir qancha deputatlari ishlab chiqdi. 19 moddadan iborat hujjat jamoat muhokamasiga qo‘yildi.
Mualliflarning ta'kidlashicha, mazkur me'yor asosan davlat xodimlariga, yoki mehnati uchun haq davlat byudjyetidan to‘lanadigan tashkilot ishchilariga daxldordir. Ustav kapitalida davlat ulushi bor korxonalar ham shu guruhga kiradi. Qonun nafaqat axborot bergan shaxs, balki uning qarindoshlarini ham himoya qilishni, shuningdek, uni moddiy rag‘batlantirishni ko‘zda tutadi.