Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda navbatdan tashqari saylov kampaniyasi boshlandi
Qozog‘istonda navbatdan tashqari saylov kampaniyasi boshlandi. Majlis va mahalliy maslixatlar saylovigacha ikki oy muddat bor, deya xabar qildi KTK telekanali.
Markaziy saylov komissiyasi o‘z ishini boshladi. Partiyalar esa joylardan o‘z nomzodlarini majlis deputatligi uchun saralashni boshlab yuborishdi. Bu safar saylovlarda mamlakatdagi yettita jamoat birlashmasi kurash olib boradi.
Tashviqot kampaniyasi boshlanishidan avval nomzodlar prokuratura, soliq, migratsiya xizmati, Milliy xavfsizlik qo‘mitasi va Tashqi ishlar vazirligi tomonidan ko‘rib chiqiladi. Saylovlarda qatnashish istagida bo‘lgan partiyalar bir oy muddatda s'yezdlar o‘tkazib, nomzodlarini tanlab olishi lozim.