Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Salvadorlik ayollarga Zik bezgagi tufayli ikki yil mobaynida tug‘maslik tavsiya qilindi
Salvador hukumati mamlakatda Zik bezgagi epidemiyasi avj olgani sababli ayollardan yaqin ikki yil ichida tug‘maslikni so‘radi. Bu haqda Salvador sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Eduardo Espinosa ma'lum qildi.
“Tug‘ruq yoshidagi barcha ayollarga oilani rejalashtirishga ehtiyotlik bilan yondashishni va shu yili va keyingi yil homilador bo‘lishdan saqlanishni tavsiya qilgan bo‘lardik”, deb aytdi Espinosa.
Zik bezgagi o‘limga olib keluvchi kasallik hisoblanmaydi, biroq homiladorlar uchun o‘ta xavfli hisoblanadi, chunki homilada mikrotsefaliya keltirib chiqaradi. Mikrotsefaliya bosh chanog‘ining kichiklashishi bilan ifodalanadi, bolada aqlan zaiflik, eshitish va ko‘rish qobiliyatidagi nuqsonlar paydo bo‘lishi bilan birga kechadi.