Jahon | 19:34 / 23.01.2016
3433
1 daqiqa o‘qiladi

Dovudo‘g‘li Baydenga Turkiya Iroqning hududiy yaxlitligini hurmat qilishini aytdi

Turkiya bosh vaziri Ahmet Dovudo‘g‘li turk harbiylari Iroqqa IShID jangarilari bilan kurashish uchun jo‘natilganini hamda Anqara Iroqning hududiy yaxlitligini hurmat qilishini aytdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.

Dovudo‘g‘li AQSh vitse-prezidenti Jo Bayden bilan bergan matbuot-anjumanida Suriyaning qonuniy muxolifatigina Suriya bo‘yicha muzokaralarga jalb qilinishi mumkinligini aytdi.

Dovudo‘g‘li Baydenga Kiprga safari uchun minnatdorchilik bildirdi va AQSh Kipr bo‘yicha tinchlik muzokaralarida muhim rol o‘ynashini aytdi.

Bayden Turkiyaga safari davomida mamlakat prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan muzokaralar o‘tkazishni rejalashtirgan.