Texnologiya | 18:34 / 23.01.2016
10160
3 daqiqa o‘qiladi

Matiz Rossiyada hamon eng arzon mashina bo‘lib qolmoqda

“Rossiyskaya gazeta” gazetasi Rossiyada 2016 yilning yanvar oyidagi eng arzon mashinalar reytingini tuzdi.

Ekspertlar taxmin qilganidek, 2016 yil boshida ko‘pchilik avtomobilsozlik kompaniyalari o‘z avtomobillariga narxlarni ko‘tarishdi – kimdir buni valyuta kursi deb, kimdir “Yevro-5” ekologik talablariga javob beruvchi yangi takomillashgan dvigatellarni qo‘llagani deb, kimdir esa hech qanday sababsiz amalga oshirdi.

“Avtostat” agentligi tahlilchilarining hisob-kitoblariga ko‘ra, yanvarda Rossiya bozorida faoliyat yurituvchi 30ta avtomobilsozlik kompaniyasi, ya'ni aksariyat qismi o‘z mahsulotlariga narxlarni ko‘tardi. Biroq Fiat, Ford, Honda, SsangYong, Suzuki, Acura, Chrysler, Mercedes-Benz, Mini, Porsche va Smart, UAZ, Xitoyning Brilliance, FAW, Great Wall va Haima, Rossiya bozorini tark etayotgan Opel hamda Daewoo va Ravon kompaniyalari o‘z avtomobillarining narxini avvalgidek narxlarda qoldirdi.

Reytingning ilk pog‘onasini hamon kichik litrajli Matiz mashinasi egallamoqda. Bu mashina ham Daewoo, ham Ravon brendlari ostida sotilmoqda va uning bazaviy versiyasi 314 000 rubldan (3925 dollar) taklif qilinmoqda. Uning orqa oyna tozalagichga ega versiyasi 340 ming rubl (4250 dollar), konditsionerli versiyasi 370 ming rubl (4625 dollar), rul gidrokuchaytirgichi va old elektr oyna ko‘targichga ega versiyasi esa 380 ming rubldan (4750 dollar) sotilmoqda.

Lada Granta sedani

Reytingning keyingi o‘rinlarida Lifan kompaniyasining Smily xetchbeki (2-o‘rin) va Smily New (4-o‘rin) modeli egallamoqda, ular mos ravishda 319 900 va 364 900 rubldan taklif qilinmoqda. Smily’ning konditsioner va orqa parktronikka ega versiyasi 349 900 rubldan taklif qilinmoqda.

Lifan Smily

Rossiyada sotilayotgan eng arzon sedan Lifan Celliya bo‘ldi (3-o‘rin), uning 2014 yilda ishlab chiqarilgan nusxasi 364 900 rubldan taklif qilinmoqda. Mashinaning Luxury versiyasi 389 900 rubldan sotilmoqda.

5-o‘rinni Rossiyaning Lada Granta sedani egallamoqda, u 368 900 rubldan sotilmoqda. 6-o‘rinni 388 500 rubldan taklif qilinayotgan Lada Granta liftbeki, 7-o‘rinni Geely GC6 sedani (2014 yilgi nusxasi 389 000 rubl), 8-o‘rinni Chery Bonus (389 999 rubl), 9-o‘rinni Renault Sandero xetchbeki (399 000 rubl) va 10-o‘rinni Chery Very (399 999 rubl) egallamoqda.

Lifan Celliya

Umuman olganda, narxlarning o‘zgarishiga qaramasdan, bozorning hamyonbop avtomobillar segmentida vaziyat ancha barqaror qolmoqda. Eng arzon mashinalarning yetakchi o‘ntasi 400 ming rubllik chegaradan tashqariga chiqmagan. Biroq yetakchi o‘ntalikda tez orada o‘zgarishlar bo‘lishi muqarrar: “AvtoVAZ” kompaniyasi eng arzon Lada Priora modelini ishlab chiqarishni boshlashi kerak, Ravon arzon Nexia va yangilangan Matiz’ni, Geely esa restayling qilingan GC6 modelini savdoga chiqaradi.

Geely GS6

Chery Very

Chery Bonus

Renault Sandero

Lifan Smily new

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish