Jahon | 22:58 / 23.01.2016
4349
1 daqiqa o‘qiladi

Nyu-Yorkda qor bo‘roni tufayli favqulodda vaziyat e'lon qilindi

Nyu-York hukumati kuchli qor bo‘roni tufayli shaharda favqulodda vaziyat e'lon qildi, deb xabar bermoqda New York Times nashri.

Shahar meri Endryu Kuomo favqulodda vaziyatni e'lon qildi va haydovchilarni shaxsiy transportdan foydalanmaslikka chaqirdi.

“Yo‘llar juda ham yomon ahvolda”, deb aytdi Kuomo mahalliy televideniye efirida.

Shaharda yer usti transportining ishi 23 yanvarning ikkinchi yarmida to‘xtatiladi.

Avvalroq AQShdagi qor bo‘roni 9 kishining halok bo‘lishiga va AQShning sharqiy sohili bo‘ylab 8 mingta aviareysning bekor qilinishiga olib kelgani ma'lum bo‘lgandi.