Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 07:11 / 23.01.2016
14055
1 daqiqa o‘qiladi
Rossiya Mudofaa vazirligi Turkiya tomonidan Rossiya harbiy samolyoti urib tushirilgani haqidagi axborotni rad etmoqda
Rossiya Mudofaa vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda Turkiya go‘yoki Rossiya harbiy samolyotini urib tushirgani haqida tarqalgan axborotni rad etmoqda, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.
“Bu xabarlarning barchasi safsata. Suriyada terrorchilik infratuzilmasini yo‘q qilish bo‘yicha vazifalarni bajarayotgan barcha samolyotlarimiz aviabazaga beshikast qaytgan”, deb aytdi vazirlik vakili Igor Konashenkov.