Iqtisodiyot | 00:30 / 23.01.2016
10807
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada dollar va yevro 5 rublga arzonlashdi

Moska birjasida dollar kursi 77,98 rublga tushdi. Savdo kuni davomida AQSh dollarining qiymati 5 rublga arzonlashdi. Bir yevro 84,55 rublga baholanmoqda (minus 5,1 rubl).

Dollar ham, yevro ham rublga nisbatan deyarli 6 foizga arzonlashgan. 23 yanvar, shanbaga dollar va yevroning rasmiy kursi mos ravishda 80,57 va 87,23 rubl qilib belgilandi. Bu kurs 25 yanvar, dushanbagacha amal qiladi.

Brent nefti narxi 31,60 dollarga yetdi (avvalgi savdo sessiyasiga nisbatan 7,58 foiz o‘sgan).

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish