Jamiyat | 09:14 / 24.01.2016
3688
1 daqiqa o‘qiladi

Kaliforniyada turmadan 3 nafar mahbus qochib ketdi

Kaliforniyaning Santa-Ana shahridagi turmadan 3 nafar mahbus qochib ketdi. Qochish tafsilotlari oshkor etilmagan, deb xabar bermoqda Los Angeles Times gazetasi. Bu haqda Orinj okrugi sherifi idorasida ma'lum qilingan.

Politsiya vakili Jyeff Xallok jamoatchilik xavfsizligi huquq-tartibot muassasalarining ustuvor vazifasi ekanligini eslatib o‘tdi hamda mahbuslarni qidirishga tergov organlarining barcha kuchlari safarbar qilingani ma'lum qildi.

20 yoshdan 43 yoshgacha bo‘lgan mahbuslarning barchasi turli zo‘ravonliklar, jumladan qotillik, talon-tarojlik, odamlarni o‘g‘irlash va qiynash uchun jazolangan bo‘lgan. Ta'kidlanishicha, qochoqlardan biri yurti Eronga qaytayotganda Pragada boshqa samolyotga o‘tirayotganda qo‘lga olingan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish