Jahon | 09:30 / 24.01.2016
2246
1 daqiqa o‘qiladi

Kanadalik "mergan o‘quvchi" 9 kishini yaralagani ma'lum bo‘ldi

Kanadaning Saskachevan viloyatidagi La-Losh kishlog‘idagi maktabda otishma uyushtirgan qurollangan o‘smir 9 yakishini yaralagan, deb xabar bermoqda CBC. Ulardan 2 nafari halok bo‘lgan.

Politsiyada 17 yoshli gumonlanuvchi 8-9 daqiqada davomida o‘q uzib turgani ma'lum qilindi. U voqea joyiga huquq-tartibot muassasalari xodimlari yetib kelgach, 3-4 daqiqa ichida qo‘lga olingan.

Jinoyatchi 17 yoshli mahalliy o‘smir bo‘lib chiqqan.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, o‘smir uyidayoq ikki akasi – Deyn va Dreyden Fonteynni otib tashlagan va so‘ngra maktabga kelib, u yerda 2 o‘qituvchi – Meri Janve va Adam Vudni otib o‘ldirgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish