Jahon | 18:38 / 24.01.2016
4078
1 daqiqa o‘qiladi

Suriya harbiylari Lataqiyadagi muhim nuqtalardan birini egalladi

Suriya hukumati harbiylari Lataqiyadagi Rabiya shahrida nazoratni qo‘lga oldi. Bu haqda mamlakat televideniyesi hamda Inson huquqlari bo‘yicha markazning Suriyadagi bo‘limiga asoslangan holda Reyter agentligi xabar tarqatgan.

Xabar qilinishicha, suriyalik harbiylar Rossiya samolyotlari yordamida jangarilarga qarshi hujum uyushtirishgan. Rabiya jangarilarning o‘zaro aloqalarni yo‘lga qo‘yishdagi muhim strategik obekti bo‘lib hisoblanardi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish