Sport | 10:24 / 25.01.2016
1976
1 daqiqa o‘qiladi

Adidas kompaniyasi IAAF bilan hamkorlikni to‘xtatdi

Adidas kompaniyasi Xalqaro yengil atletika federatsiyalari assotsiatsiyasi (IAAF) bilan hamkorlikni to‘xtatdi. Bu haqda TASS xorij matbuotiga tayanib xabar tarqatdi.

Manbaning yozishicha, bunga so‘nggi paytlarda yengil atletikada sodir bo‘layotgan doping mojarolari sabab bo‘lgan.

Kompaniya bilan hamkorlikni uzilishi natijasida IAAF o‘n million dollar zarar ko‘radigan bo‘ldi. Ikkala tomon ham hozircha bu borada rasmiy javob berishmayapti.

Ma'lumot uchun, tomonlar 2008 yilda 11 yillik hamkorlik bo‘yicha shartnoma imzolagandi. Unga ko‘ra IAAF kompaniyadan yiliga 8 mln dollar olgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish