Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Krasnoyarsk o‘lkasida MiG-31 samolyoti qulab tushdi
Rossiyaning Krasnoyarsk o‘lkasida MiG-31 rusumli qiruvchi samolyoti o‘quv-mashg‘ulot o‘tash vaqtida qulagan. Bu haqda "Interfaks" nashri xabar tarqatgan.
"Bu qiruvchi samolyot Rossiya Harbiy-Havo kuchlari hamda Markaziy harbiy okrugning harbiy havo hujumidan mudofaa bo‘limi hamkorligidagi o‘quv mashg‘uloti vaqtida o‘rmon hududiga qulab tushgan. Bu hudud Kansk shahridan 40 km shimoli-g‘arbda joylashgan", deyiladi xabarda.
Mudofaa vazirligida aytilishicha, samolyot ekipaji katapulta qilingan va ular yerga qo‘nganlaridan keyin markaz bilan aloqaga chiqishgan.