Texnologiya | 18:27 / 25.01.2016
6541
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada Lada Samara negizida “tank” yaratildi

Rossiyaning Omsk shahrida mexanik Andrey Romanov 20 yillik Lada Samara avtomobili asosida gusenitsali o‘ziyurar yaratdi, deb xabar beradi Russia Today. T-21099 nomini olgan mazkur “tank” 65 km/soat tezlikka ko‘tarilishga qodir. U 100 km uchun 16 l benzin yeydi.

“Tank” nafaqat qor ichida yura oladi, balki maxsus biriktirilgan kurak vositasida o‘ziga yo‘l ocha oladi ham. Keyinchalik Romanov gusenitsali nogironlar aravachasi yaratishni rejalashtirmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish