Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyalik deputatlar IShIDni internetdan uzib qo‘yishga chaqirdi
Rossiya Davlat Dumasining “Adolatli Rossiya” partiyasidan deputati Oleg Nilov tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovga murojaat qilib, IShIDga bo‘ysunuvchi hududda internet xizmatlarini o‘chirish tashabbusini ilgari surishga chaqirdi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.
“Xalqaro maydonda IShID nazorati ostidagi hududlarni internet tarmog‘idan uzib qo‘yish tashabbusini ilgari surish imkoniyatini ko‘rib chiqsangiz... IShID terrorchilarining internetdan uzib qo‘yilishi butun jahonga solinayotgan tahdidga qarshi samarador chora bo‘ladi”, - deyiladi murojaatda.
Nilovning e'tirof etishicha, bunday texnik imkoniyat AQShda bor, negaki asosiy DNS-serverlar o‘sha yerda joylashgan.