O‘zbekiston | 12:27 / 25.01.2016
4387
2 daqiqa o‘qiladi

Shifokorlar egallab turgan mansablarini oqlash uchun attestatsiyadan o‘tkaziladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirligi tashkilotlarida ishlaydigan shifokorlar yiliga bir marta egallab turgan lavozimlaridan kelib chiqqan holda majburiy attestatsiyadan o‘tkaziladi. Bu Vazirlar Mahkamasining 21 yanvardagi qarorida ko‘zda tutilgan.

Hujjat rahbar kadrlarga nisbatan joriy qilinmaydi, ularga nisbatan boshqacha tartib ko‘zda tutilgan. Attestatsiya besh yilda bir marta, ilgarigi attestatsiyadan o‘tilgani haqidagi sertifikat muddati tugaganidan so‘ng uch oy vaqt ichida o‘tkaziladi.

Bakalavriatni, magistraturani, klinik ordinaturani va ilk ixtisoslik kurslarini tamomlaganidan so‘ng birinchi marta ishga qabul qilingan shifokorlar tegishli mutaxassislik bo‘yicha uch yil ishlaganidan so‘ng uch oy muddatda attestatsiyadan o‘tkazilishi lozim bo‘ladi.

Attestatsiyaga arzirli sababsiz kelmagan shaxsga ogohlantirish beriladi, bu hol takrorlansa, u egallab turgan lavozimiga nomunosib deb topilishi mumkin. Egallab turgan mansabiga shartli ravishda loyiq deb topilgan shifokor 144 soatlik pullik malaka oshirish kurslariga yo‘llanadi va bir yil davomida qaytadan attestatsiyadan o‘tkaziladi.

Mansabiga noloyiq deb topilgan shifokorga nisbatan muassasa rahbariyati tomonidan mehnat kodeksiga muvofiq chora ko‘riladi yoxud u boshqa ixtisoslik bo‘yicha vakant o‘ringa o‘tkaziladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish