Jahon | 22:08 / 25.01.2016
3232
3 daqiqa o‘qiladi

Tailand janubida topilgan samolyot bo‘laklari Malayziya «Boing»iga emas, yaponiyaliklar raketasiga tegishli ekani ma'lum qilindi

Yaponiyaning Mitsubishi Heavy Industries kompaniyasi biroz oldinroq Tailanl qirg‘oqlari yaqinida topilgan va 2014 yilda yo‘qolgan Malayziya «Boing»iga tegishli bo‘lishi mumkinligi aytilgan samolyot bo‘laklari aslida yaponiyaliklar raketasi parchasi ekanini ma'lum qildi. Bu haqda Associated Press agentligi xabar bergan.

Kompaniya vakilining fikricha, bu bo‘lak Yaponiya janubidan uchirilgan H-IIA yoki H-IIB raketalariga tegishli.

Mitsubishi Heavy Industries vakili Sayo Suvasitaning aytishicha, kompaniya bu raketa aynan qachon va qanday qilib, bu hududga kelib qolganini o‘rganadi.

Uning qo‘shimcha qilishicha, raketa dengizga qulaganidan keyin uzoq masofaga oqib ketgan bo‘lishi mumkin.

Qayd etilishicha, Yaponiya 2000 yillarning boshida H-IIA va H-IIB raketalarini uchirgandi. Oxirgi marta 2015 yilning noyabrida H-IIA raketasi uchirilgan.

Malaysia Airlines’ning Kuala-Lumpurdan Pekinga uchib ketayotgan samolyoti 2014 yil 8 martga o‘tar kechasi radarlardan yo‘qolib qolgan edi. Kema bortida 239 kishi bo‘lgan.

Biroz oldinroq, Tailandning janubiy sohillarida samolyot bo‘laklari topilgan, ular 2014 yil martida yo‘qolib qolgan Malayziya «Boing»iga tegishli deb taxmin qilingandi.
Ulkan qayrilma metall parchasi Nakxonsitxammart provinsiyasida qirg‘oqqa chiqib qolgan, aholi uni aniqlashtirishda yordam so‘rab hukumatga murojaat qilgan. Bo‘lakning kattaligi eniga ikki metr, bo‘yiga uch metrni tashkil qilgan.

Topilma ko‘plab taxminlarni keltirib chiqargan, Tailand OAVi uning Malayziya «Boing»iga taalluqligi haqidagi versiyani ilgari surgandi.

Ma'lumot uchun, Malaysia Airlines’ning Kuala-Lumpurdan Pekinga uchib ketayotgan samolyoti 2014 yilning 8 martiga o‘tar kechasi radarlardan yo‘qolib qolgandi. Kema bortida 239 kishi bo‘lgan.

Reuters: Tailandda Malayziyaning yo‘qolgan Boeing samolyoti bo‘laklari topilgani taxmin qilinmoqda